K1 EDA
K1 Gold Chicken restoranining onlayn buyurtma, yetkazib berish va kuryer boshqaruvi tizimi.
Nima qiladi
- Telefon va onlayn buyurtmalarni bitta joyda ko‘rsatadi: holati, tarkibi, yetkazish manzili va narxi.
- Yetkazish narxini manzil joylashgan hudud bo‘yicha avtomatik hisoblaydi; kassir yoki kuryer uni o‘zgartira olmaydi.
- Buyurtmani eng yaqin bo‘sh kuryerga taklif qiladi; kuryer ilovasi orqali holatlar (“oldim”, “yetkazdim”) va naqd pul hisobi yuritiladi.
- Restoran rahbari va dispetcheri uchun veb admin panel.
Clopos POS bilan integratsiya
Kassa, oshxona, menyu va ombor Clopos POS’da qoladi. K1 EDA Clopos Open API orqali restoran ruxsat bergan ma’lumotlarni o‘qiydi: menyu va kategoriyalar, stop-list, savdo turlari va to‘lov usullari, yetkazib berish buyurtmalari. Integratsiyani restoran istalgan vaqtda Clopos’da o‘chirib qo‘yishi mumkin.